rss
O'zbek
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





,

ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sait haritasi   Teskari aloqa  

Yangiliklar

Yangi intellekt - 2013 eng yaxshi intellektual mulk obekti uchun tanlov
28.05.2013 / 1345 marta o`qilgan

Intellektual mulk agentligi Ozbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi bilan birgalikda respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni ragbatlantirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga komaklashish, ilgor texnologiyalarni tatbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qollab-quvvatlash, eng yaxshi intellektual mulk obektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar yonalishlari boyicha Yangi intellekt - 2013 eng yaxshi intellektual mulk obekti uchun yillik tanlovi otkazilishini elon qiladi.

Intellektual mulk agentligi Ozbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi bilan birgalikda respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni ragbatlantirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga komaklashish, ilgor texnologiyalarni tatbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qollab-quvvatlash, eng yaxshi intellektual mulk obektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar yonalishlari boyicha Yangi intellekt - 2013 eng yaxshi intellektual mulk obekti uchun yillik tanlovi otkazilishini elon qiladi.

Tanlovni tashkil etish va otkazish uchun Intellektual mul agentligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi, Fanlar Akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qomitasi, Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Texnologiyalar transferi agentligining mutaxassis va rahbar xodimlaridan tashkil topgan Tashkiliy qomita tuzildi.

Tanlovga topshirilgan intellektual mulk obektlarini baholash va barcha nominatsiyalar boyicha goliblarni aniqlash uchun Agentlikning mutaxassislari, olimlar, vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat bolgan tanlov Komissiyalari tuziladi.

Tanlov joriy yilning 27 mayidan 5 oktyabriga qadar quyidagi bosqichlarda otkaziladi:

1-bosqich - joriy yilning 27 mayidan 30 avgustiga qadar talabnomalar qabul qilish;

2-bosqich - 15 sentyabrga qadar Tashkiliy qomita va Tanlov komissiyalari tomonidan tanlov yakunlari boyicha hulosa qilish;

3-bosqich - oktyabr oyida tanlov goliblarini mukofotlash boyicha tadbir marosimini otkazish.

Tanlovda quyidagi nominatsiyalar boyicha ishtirok etish mumkin:

- eng yaxshi ixtiro;

- eng yaxshi foydali model;

- eng yaxshi sanoat namunasi;

- eng yaxshi dasturiy mahsulotlar.

Tanlovga oxirgi 3 yil ichida Ozbekiston Respublikasi patentini olgan intellektual mulk obektlari hamda milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan dasturiy mahsulotlar qabul qilinadi.

Avval bolib otgan tanlovlarda sovrinli orinlarni egallagan talabnomalar ushbu tanlovda ishtirok etmaydi.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ishtirok qilish uchun ariza;

- muhofaza hujjati nusxasi (dasturiy mahsulotlar uchun shart emas);

- obektning (larning) tavsifi nusxasi;

- obektdan foydalanish dalolatnomasi yoki obektni foydalanishga tayyorligi togrisidagi boshqa hujjat (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, litsenziya shartnomasi, tatbiq qilish dalolatnomasi va sh.k.).

Hujjatlarning toliq komplekti topshirilgan taqdirdagina talabnomalar Tanlov komissiyalari tomonidan korib chiqiladi.

Tanlovga taqdim qilingan obektlarni baholash ularning turlarini hisobga olgan holda quyidagi mezonlar boyicha amalga oshiriladi:

a) ixtirolar va foydali modellar uchun:

- energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallardan foydalanish;

- ekologiyaga mosligi (atrof muhitni himoyalash boyicha masala va muammolarni yechish);

- ijtimoiy ahamiyati (mehnat sharoitlarini yaxshilash);

- obektni ishlab chiqish darajasi (foydalanishga tayyorligi: sinov-sanoat yoki dastlabki namuna, laboratoriya maket namunasi);

- eksportga moljallanganligi;

- importning ornini bosishi.

b) sanoat namunasi uchun:

- tijorat qiymati (patent egalari huquqlaridan foydalanish hajmi);

- eksportga moljallanganligi;

- importning ornini bosishi.

- original tashqi korinishi;

v) dasturiy mahsulotlar uchun:

- funksionalligi;

- tugatilganligi;

- moslanishi;

- sozlanishi;

- importning ornini bosishi;

- eksportga moljallanganligi.

Tanlovda barcha nominatsiyalar boyicha sovrinli 1-3 orinlarni egallagan tanlov goliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1 orin - 3 000 000 som;

2 orin - 2 000 000 som;

3 orin - 1 000 000 som.

Pul mukofotlari jismoniy va yuridik shaxslar (huquq egalari)ning hisob raqamlariga otkazish orqali amalga oshiriladi.

Goliblarga va tanlovda ishtirok etgan boshqa ishtirokchilarga tanlov tashkilotchilaridan esdalik sovgalari topshiriladi.

Tanlov nizomini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Tanlov yakunlari boyicha malumotlar tanlov goliblarini taqdirlash marosimi va Agentlikning rasmiy veb-sayti (www.ima.uz)da elon qilinadi.

Tanlovga talabnomalar 2013 yilning 27 mayidan 30 avgustigacha ish kunlari soat 9.00 dan 17.00 ga qadar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Intellektual mulk agentligi (5 qavat), 100000, Toshkent sh. Mustaqillik shoh kochasi, 59, Eng yaxshi intellektual mulk obekti uchun yillik tanloviga deb korsatgan holda.

Malumot uchun telefonlar: 232-50-50, 232-50-40.

Muallif: Axborot xizmati
 

«     2018    »
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 


-

REESTR.UZ

UNDP

 UZ-CERTified

  UZINFOCOM