rss
O'zbekÐóññêèé
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





Óçáåêñêîå àãåíòñòâî ñâÿçè è èíôîðìàòèçàöèè

Íàöèîíàëüíîå èíôîðìàöèîííîå àãåíòñòâî Óçáåêèñòàíà

Ïðîåêò ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sayt xaritasi   Teskari aloqa  

Yangiliklar

Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasining 2008 yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari to’g’risida
08.07.2008 / 969 marta o`qilgan

2008 yil 5 iyulda Vazirlar Mahkamasida Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Komleksining 2008 yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag’ishlangan majlisi bo’lib o’tdi.

Majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2008 yilda islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor vazifalariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 fevraldagi yig’ilishida qilgan ma’ruzasida va ushbu yig’ilish bayoni bilan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar Kompleksi sohalarining 2008 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etilishining xolati, respublika davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida arhiv ishini tashkil qilish va ish yuritishning ahvoli to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

Hisobot davrida soha korxonalari tomonidan ishlab chiqarish hajmlarining barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash, korxonalarda modernizatsiyalash jarayonini davom ettirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko’paytirish va sifatini yaxshilash orqali eksport imkoniyatlarini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xizmatlar turlarini ko’paytirish va rivojlantirish, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, moliyaviy va ijro intizomini yanada mustahkamlash borasida amaliy ishlar olib borildi.

2008 yilning o’tgan davrida Kompleks bo’yicha jami 641,41 mlrd.  so’mlikmahsulot ishlab chiqarilib, xizmatlar ko’rsatildi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 157,18% ni tashkil etdi.

Eksport prognozi ko’rsatkichlari 136,8%ga bajarildi. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha 117,8 mlrd.so’mlik (90,6 mln. AQSH dollari) to’g’ridan-tog’ri jalb qilingan chet el sarmoyalari o’zlashtirilib, bu boradagi yillik reja 60%ga uddalandi.

Yig’ilishda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish, Internet tarmog’ida axborot resurslarini ko’paytirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, davlar interactiv xizmatlari sonini va sifatini oshirish hamda qishloq joylarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish masalalariga alohida ahamiyat berish lozimligi qayd etib o’tildi.

Respublika davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida ahxiv ishi va ish yuritishning ahvoli tahlil etildi va bu borada qator vazirlik, idora va kompaniyalarning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, Kompleks tarkibidagi idoralarga “Yoshlar yili” va boshqa ustuvor Davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini kuchaytirish, rahbarlar va mutaxassislarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, hodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yuzasidan tegishli topshirqlar berildi va qarorlar qabul qilindi.

Êàëåíäàðü
«    Ìàðò 2010    »
ÏíÂòÑð×òÏòÑáÂñ
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Îáñóæäåíèå ñàéòà


Èíôîðìåðû

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

Ïîðòàë Ãîñóäàðñòâåííîé âëàñòè Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

REESTR.UZ

UNDP

Îáúåäèíåííàÿ ôîðóìíàÿ ïëîùàäêà Óçáåêèñòàíà

Ïðîãðàììà UZ-CERTified

Òåõïëîùàäêà Öåíòðà UZINFOCOM