rss
O'zbek
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





,

ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sait haritasi   Teskari aloqa  

Tadbirlar

Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning yig'ilishi
20.06.2008 / 2300 marta o`qilgan
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yigilishi bolib otdi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash ish rejasiga asosan joriy yilning 15-16 may kunlari BestSoft Uzbekistan 2008 dasturiy mahsulotlar korgazmasi va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning milliy forumi, ixtisoslashtirilgan ish orinlariga vakansiyalar yarmarkasi tashkil etilgani takidlandi. Ayni paytda, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Taraqqiyot sari teledasturi, InfoCOM.uz jurnali orqali AKT sohasidagi yangiliklar va ularni qollash istiqbollari masalalari muntazam yoritib borilmoqda.

Vazirlik va idoralar tomonidan davlat axborot resurslari, davlat organlarining axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlari soni va sifati yaxshilanayotgani, Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan telemeditsinani rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida Elektron sogliqni saqlashni rivojlantirish UzMedInfo markazi tashkil etilgani, axborot jamiyatini shakllantirishning dolzarb yonalishlari va respublikada davlat boshqaruviga elektron texnologiyalarni keng joriy etish boyicha davlat va xojalik boshqaruv organlari xodimlari uchun strategik trening-kurslar tashkil etish singari tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan tashkil etilgan Ozbekiston Respublikasining jamoat talim axborot tarmogi ZiyoNETni yanada rivojlantirish masalalari korib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan Oliy va orta maxsus talim va Xalq talimi vazirliklariga hamda tarmoqqa ulanuvchi boshqa vazirlik va idoralarda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish boyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Davlat boshqaruvi organlari, bank va moliya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, yirik korxonalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ishlarining ahvolini obektiv mezonlar asosida tahlil qilish va baholash juda dolzarb vazifa ekanligini inobatga olib, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan bunday baholash tizimi loyihasi organib chiqildi va barcha davlat organlari, korxonalari hamda muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini muntazam ravishda tahlil qilib borishga qaror qilindi.

Elektron talim resurslarini yanada kopaytirish va sifatini oshirish maqsadida hamda masofaviy talim tizimlarini rivojlantirishni jadallashtirish uchun yigilishda Elektron talim resurslari togrisidagi nizom loyihasi va pedagog kadrlarning malakasini masofadan oshirish tizimini yaratish va joriy etish pilot loyihasi korib chiqildi.

 
«     2018    »
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 


-

REESTR.UZ

UNDP

 UZ-CERTified

  UZINFOCOM