rss
O'zbek
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





,

ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sait haritasi   Teskari aloqa  

Tadbirlar

InfoCom 2009: Axborot texnologiyalari yo'nalishidagi muhim voqealar haftaligi
16.09.2009 / 3286 marta o`qilgan

Shu yilning 22-25 sentyabr kunlari mamlakatimiz AKT hayotidagi yirik voqea InfoCom 2009 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi o'tkaziladi. Haftalik doirasidan nafaqat mutaxassislar, balki axborot texnologiyalarining ko'plab foydalanuvchilari uchun qiziqarli bo'lgan, AKT sohasini takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlar o'rin olgan.

AKT Haftaligi tashkilotchilari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash, O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, BMT Rivojlanish dasturi AKT siyosati loyihasi va O'zbekiston axborot texnologiyalari tashkilotlari va korxonalari Assotsiatsiyasi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha Milliy Sammit 22 sentyabr kuni o'z ishini boshlaydi. Ishtirokchilar O'zbekistonda AKT sohasining rivojlanish istiqbollari, davlat boshqaruvida ATni joriy qilish bo'yicha natijalar va muammolar, elektron ta'lim va ifratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda elektron tijorat istiqbollarini muhokama qilishadi. Muhokamalar natijasiga ko'ra, O'zbekistonda AKTning kelgusi rivoji bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yildan-yilga AKT Sammiti mutaxassiclarning e'tiborini yanada ko'proq jalb etib kelmoqda va bugungi kunda O'zbekistonda AKT sohasida asosiy hodisalardan hisoblanib, xalqaro va miliy ekspertlar qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. Har yili bu Sammit ishida O'zbekiston va chet ellardan 400dan ortiq vakillar ishtirok etadilar, bu yil ham shunday bo'ladi.

Milliy AKT Sammiti 2009 doirasida umumiy dolzarb masalalar hamda alohida yo'nalishlar bo'yicha masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Masalan, joriy yilda boshqaruv siyosatidagi tamoyillar va asosiy o'zgarishlar, milliy AKT dasturlarini rivojlantirishdagi yutuqlar va muammolar, jamiyat hayotida AKTni tatbiq etish tajribasi, infratuzilmasini rivojlantirishni qamrab oluvchi masalalar va boshqa mavzular ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, axborot xavfsizligi, axborot-kutubxona resurslari va boshqa dolzarb masalalarga alohida e'tibor qaratiladi.

Tadbir yakunida O'zbekistonda AKTni yanada rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi hamda tavsiyalar va Sammit rezolyutsiyasi qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumotni http://www.summit.ictp.uz/ saytidan olishingiz mumkin.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi doirasida 23-25 sentyabr kunlari bir vaqtning o'zida, Toshkent va Nukus shaharlarida an'anaviy ICTExpo-2009 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Toshkentda ko'rgazma Savdo Markazi 1-ko'rgazmalar pavilonida (Beruniy ko'chasi, 41-uy) tashkil etiladi. Ko'rgazmani bir vaqtning o'zida ikki shaharda o'tkazish Hoyasi axborot texnologiyalarini tatbiq etish darajasi mintaqaviy miqyosda o'sib borayotganligini ko'rsatishga intilish bilan boHliq. Ko'rgazma kunlari ikki shahar o'rtasida videoko'prik o'rnatiladi, bu esa tashrif buyuruvchilarga ikkala ko'rgazma materiallari bilan tanishish imkonini beradi.

An'anaviy milliy ICTExpo-2009 axborot texnologiyalari ko'rgazmasi mazkur sohada eng muhim va yuqori mavqega ega voqealardan biri hisoblanadi. Ko'rgazmada ishtirok etuvchi kompaniyalar tashrif buyuruvchilarga axborot texnologiyalari sohasidagi yangi ishlanmalarini namoyish qilib, yangi xizmat va yechimlarning keng turlarini taqdim etadilar. Mamlakatimiz kompaniyalari bilan bir qatorda Rossiya, Ukraina, Xitoy, Avstriya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Vengriya va boshqa davlatlar kompaniyalari ham qatnashadilar.

Ko'rgazma dasturidan ta'limiy seminarlar, davra suhbatlari, shuningdek, quyidagi ko'ngilochar mazmundagi tadbirlar ham o'rin olgan:
- ICT-students kompyuter sporti universiadasi va boshqalar;
- belgilangan vaqt mobaynida yakka va jamoaviy holda kompyuterni yiHish;
- belgilangan vaqt mobaynida xavfsiz lokal tarmoqni yaratish (internetga ulanish bilan) bo'yicha jamoaviy bahs;
- berilgan mavzuga ko'ra internet sahifasini yaratish bo'yicha jamoaviy bahs;
- internetda belgilangan vaqt mobaynida axborotni qidirib topish yakka holda va jamoaviy hisobda;
- Kasperskiy laboratoriyasida testdan o'tish yakka holda.
- Raqamli yo'nalish o'quvchilar uchun ta'limiy aksiya.
- Klaviatura uloqtirish - (bir vaqtda Toshkent va Nukus shaharlarida) tanlovi;
- Linuks Park;
- ko'rgazma qatnashchilari va homiylarining ko'ngilochar aksiyalari.

ICTExpo 2009 milliy ko'rgazmasi eng so'nggi axborot texnologiyalari yangiliklari bilan tanishish imkonini beradi. Mazkur tadbir axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari fikr almashishi uchun ajoyib imkoniyatdir. ICTExpo 2009 an'anaviy ko'rgazmasidagi ishtirokingiz mazkur sohada eng so'nggi texnologik ishlanmalarni ko'rish va raqobat qay darajada rivojlanganligi guvohi bo'lishingizni to'la kafolatlaydi.

Jamoatchilikni ko'rgazma o'tkazilishi jarayoni bilan har tomonlama xabardor qilib borish maqsadida http://www.ictexpo.uz/ sayti tashkil etilgan.

AKT Haftaligi doirasida, shuningdek, quyidagi tadbirlar o'tkaziladi:
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkillashtiriladigan Kadrlar tayyorlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muammolari xalqaro anjumani. Koreya Respublikasi, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va boshqa davlatlar olimlari qatnashadigan mazkur forumning asosiy maqsadi Osiyoda axborot texnologiyalarini rivojlantirishdan manfaatdor bo'lgan shaxslar va olimlarni, ularning tadqiqotlarini birlashtirish, amaldagi uslublar va yangi tadqiqotchilik yo'nalishlarini hamda texnologiyalarini muhokama qilishdan iboratdir.

- Axborot-kutubxona resurslarini shakllantirish vositalari va ilHor uslublar respublika ilmiy-amaliy seminari.
- Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarining eng yaxshi mutaxassisi (kutubxonachisi) respublika tanlovi yakunlari.

- Sayyora internet-marafoni. ZiyoNET tarmoHini tarHib etish, yoshlarni AKTdan keng foydalanishga jalb qilish, axborot-ta'limiy resurslarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir Holiblarini taqdirlash marosimi 24 sentyabrda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

InfoCom 2009 Haftaligi mamlakatimizda AKT sohasining kelgusi rivojiga, xalqaro aloqalarning mustahkamlanishi va mazkur sohada o'zaro manfaatli hamkorlikka yangi turtki berishiga xizmat qiladi.

 
«     2018    »
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 


-

REESTR.UZ

UNDP

 UZ-CERTified

  UZINFOCOM