![]() |
![]() |
![]() |
![]() ![]() |
|
Tadbirlar «Eng yaxshi ixtiro va ratsionalizatorlik taklifi» tanlovi yakunlandi
22.02.2008 / 255 marta o`qilgan
O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining «Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi eng yaxshi ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari bo`yicha tanlov o`tkazish to`g’risida»gi buyrug’iga muvofiq 2007 yilgi «Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi eng yaxshi ixtiro va ratsionalizatorlik taklifi» respublika tanlovi O`zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati bilan birgalikda o`tkazilib, tanlov komissiyasi tomonidan g’oliblar tanlab olindi. Komissiyaning 2008 yil 15 yanvardagi yig’ilishi qaroriga hamda Agentlikning buyrug’iga muvofiq: Eng yaxshi ratsionalizatorlik takliflari bo`yicha: - bitta birinchi o`rin uchun birinchi darajali diplom va 1 mln. so`m pul mukofoti “INC-100 tezkor boshqaruv tizimi uchun X-Terminal” muallifi “O`zbektelekom” AK “ShAK” filiali bosh mutaxassisi R.E.Botirovga; - ikkita ikkinchi o`rin uchun ikkita ikkinchi darajali diplom va har bir o`ringa 800 ming so`mdan pul mukofoti “Vaxshivor (RTS-13) stansiyasini avtonom elektr energiyasi manbai bilan ta’minlash uchun Vaxshivor soyida 50 kVt quvvatli GES qurish loyihasi” mualliflari: “Termiz RTUM” bosh muhandisi M.A.Qurbonov, “Termiz RTUM” RTS-13 sex boshlig’i O.P.Pardayevga, “Aloqa ob’ektlarining kadastr axborotlarini yig’ish tizimi” mualliflari: FTMTM xodimlari — direktor M.M.Mahmudov, direktor o`rinbosari M.M.Muhitdinov, DMITB boshlig’i R.R.Sayfulinga; — uchta uchinchi o`rin uchun uchta uchinchi darajali diplom va har bir o`ringa 600 ming so`mdan pul mukofoti “200 tonnagacha og’irlikdagi minoralar tikligini tiklash” muallifi “O`zbektelekom” AK “ShAK” filiali bosh mutaxassisi V.A.Gromovenkoga, “Uz Azold” shaxsiy kompyuteri uchun matematik ta’minot dasturi” muallifi “O`zbektelekom” AK “ToshTTS” filiali yo`ldosh aloqa sexi “Azimut” uchastkasining yetakchi muhandisi O.V.Soldatovga, “12 voltli suv nasosi” mualliflari — “O`zbektelekom” AK “Namangan Telekom” filiali direktori J.Yakubayev, “Namangan Telekom” filiali muhandisi U.Ismoilovga berildi. Ixtirolar bo`yicha: - birinchi o`rin uchun birinchi darajali diplom va 2 mln. so`m pul mukofoti “Kriptografik kommunikatsiya, audentifikatsiya va maxfiy kalitlar generatsiyasining diaksponensial tizimini yaratish usuli” mualliflari: FTMTM xodimlari: bosh ilmiy xodim, professor P.F.G’asanov, direktorning birinchi o`rinbosari, dotsent R.I.Isayev, laboratoriya boshlig’i, fizika-matematika fanlari nomzodi M.X.Nazarova, laboratoriya boshlig’i O.P.Ahmedova va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi konsultanti X.P.G’asanovga; - ikkinchi o`rin uchun ikkinchi darajali diplom va 1 mln. 500 ming so`m pul mukofoti “Kuchaytirgichli fotoo`zgartirgich” mualliflari: TATU xodimlari —kafedra tadqiqotchisi Z.E.Agabekova, kafedra mudiri X.Q.Aripov, dotsent X.Bo`stonov, rektor, professor S.S.Qosimov, aspirant F.R.Nosirxodjayev, dotsent Ye.V.Ob’edkovga berildi. |
|
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning sayti © 2006
Ðàçðàáîòêà UZINFOCOM, Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER
|