rss
O'zbekРусский
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





Узбекское агентство связи и информатизации

Национальное информационное агентство Узбекистана

Проект ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sayt xaritasi   Teskari aloqa  

Yangiliklar

Toshkentda XTIning forumi bo`lib o`tadi
09.06.2008 / 203 marta o`qilgan

2008 yil 10 iyundan 13 iyungacha Toshkentda Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi (XTI)ning «Rivojlanayotgan mamlakatlarda AKTni standartlashtirish sohasidagi farqlikni qisqartirishga» bag`ishlangan forumi MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa (MShE), Baltiya mamlakatlari uchun Mintaqaviy forumi hamda MDH davlatlari uchun XTI-2008 (VAST-08) telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo`yicha Butunjahon Assambleyasiga Mintaqaviy tayyorgarlik ko`rish yig`ilishi bo`lib o`tadi.

XTI Mintaqaviy forumi AKT masalalari bilan shug`ullanuvchi vazirlik va milliy muvofiqlashtiruvchi idoralar rahbarlari, mintaqada telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi operatorlar uchun AKTni standartlashtirish sohasida dolzarb masalalarni muhokama qilish va tajriba almashish, shuningdek, XTIning bu boradagi faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida o`tkazilmoqda. Bundan tashqari anjumanda standartizatsiya sohasida XTI tomonidan o`tkazilayotgan ishlarda hamkorlikni mustahkamlash va ishtirokni kengaytirish, shu bilan birga XTI standartlarini MDH, MShE va Baltiya mamlakatlarida yanada kengroq joriy etish yo`llari va vositalari yoritiladi.

MDH mamlakatlari uchun VAST-08ga Mintaqaviy tayyorgarlik ko`rish yig`ilishi mintaqadagi alohida ahamiyatga ega bo`lgan masalalar bo`yicha fikr va yondashuvlarni muvofiqlashtirishga yo`naltirilgan. Uning maqsadi – 2008 yil 21-30 oktyabr kunlari Janubiy-Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida bo`lib o`tadigan XTIning telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo`yicha Butunjahon assambleyasiga mintaqaviy taklif sifatida takliflarni muvofiqlashtirish va ularni ilgari surishdan iborat.

Belgilangan tadbirlarda MDH, MShE va Baltiya mamlakatlaridan qariyb 50 ekspert va mutaxassislar, shuningdek, XTI telekommunikatsiyani standartlashtirish Byurosi va ASHH Ijroiya qo`mitasi rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Календарь
«    Январь 2009    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Обсуждение сайта


Информеры

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Портал Государственной власти Республики Узбекистан

REESTR.UZ

UNDP

Объединенная форумная площадка Узбекистана

Программа UZ-CERTified

Техплощадка Центра UZINFOCOM