Mintaqaviy yig`ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston, O`zbekiston va Ukraina kabi davlatlarning aloqa va telekommunikatsiya operatorlari vakillari ishtirok etdi.
Anjuman ikki yo`nalishda, ya`ni TSBA-08ga tayyorgarlik bo`yicha brifing va TSBA-08 Mintaqaviy tayyorgarlikka bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.
Birinchi majlisda ishtirokchilar TSBA-04 (Florianopolis, 2004 y.)ning asosiy yakunlarini, TSBA-08ga tayyorgarlikning ahvoli, jumladan, taklif etilishi mo`ljallanayotgan ishtirokchilar, TSBA-08 maqsadlari, logistikaga oid ma`lumotlarni ko`rib chiqdilar.
Shuningdek, TSBA-08 arafasida – 2008 yil 20 oktyabrda bo`lib o`tadigan standartlash bo`yicha Global forum haqidagi axborot ham taqdim etildi.
Majlis davomida TSBA-08ga tayyorgarlik ko`rish, jumladan standartlash sohasidagi farqlikni qisqartirish, XTI-T tadqiqot komissiyasi tuzilmasi va tadqiqotlar masalalarini qayta ko`rib chiqish, XTI-T va XTI-Rlarning standartlash sohasidagi hamkorligi, boshqa hududlardagi mintaqaviy tayyorgarlik yig`ilishlari bo`yicha hisobotlar tinglandi.
Ikkinchi yig`ilishda TSBA-2008ga Aloqa sohasida hududiy hamdustlik (ASHH)ning tayyorgarlik ko`rish guruhi axboroti tinglandi, TSBA-08ga mintaqaviy ulushlar, tadqiqot komissiyalarni qayta tuzish bo`yicha takliflar muhokama qilindi.
Mintaqaviy yig`ilish ishtirokchilari, navbatdagi Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo`yicha Butunjahon Assambleya iste`molchilar, asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilar va telekommunikatsiya xizmatlarini ko`rsatuvchilarning keng doirasi manfaatlarini ifoda etuvchi XTIning eng muhim tadbirlaridan biri bo`lib, keyingi to`rt yilga XTIning standartlashtirish sektori faoliyatini belgilashini alohida ta`kidladilar.
Tadbirda TSBA-08da qabul qilingan tavsiya va rezolyutsiyalar butun dunyoda ilg`or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali telekommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish bo`yicha texnik siyosatni shakllantirishga sezilarli ta`sir ko`rsatishini qayd etdilar.
Yig`ilishda ko`rib chiqilgan va muhokama qilingan masalalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.