Hay`at “Qishloq telekomunikatsiya tarmog`ini rivojlantirish, qishloq
axolisi va infrotuzilma ob`ektlarini sifatli telefon aloqasi bilan
ta`minlashda SGM qurilmasidan va simsiz aloqa texnologiyalaridan
foydalanish to`g`risida”gi masalani ko`rib chiqdi.
Ushbu masala yuzasidan «O`zbektelekom» AK bosh direktorining birinchi
o`rinbosari J.Maxsudov so`zga chiqdi. Uning ta`kidlashicha
«O`zbektelekom» AK tomonidan respublika telekommunikatsiya tizimining
rekonstruksiyasi yuzasidan olib borilayotgan ishlar natijasida,
mamlakatimizning shahar va qishloqlariga zamonaviy aloqa vositalari
yetib borishi, infratuzilma ob`ektlarini va qishloq aholi maskanlarini
telefonlashtirish bo`yicha muayyan ishlar olib borilmoqda.
«O`zbektelekom» AKning telekommunikatsiya tarmog`ida jami umumiy montaj
sig`imi 358.964 raqam bo`lgan 1556 ta qishloq ATSlari mavjud bo`lib
90744 tasi yoki 25% raqamlidir. Shuningdek 11 922 qishloq aholi
maskanlari mavjud bo`lib, shundan 73% simli aloqa tarmog`i bilan qamrab
olingan.
2008 yil I chorak mobaynida qishloq telefon tarmog`ida asosiy telefon
apparatlari soni 1352 taga o`sdi va 267098 tani tashkil etib, shundan
89% axoliga o`rnatilgan.
Qishloq ATSlarining o`rnatilgan sig`imdan foydalanish koeffitsiyenti 01.04.2008yil holatiga 75%ni tashkil etdi.
Qishloq telekommunikatsiya tarmog`ini rivojlantirish qishloq aholisi va
infratuzilma ob`ektlarini sifatli telefon aloqasi bilan ta`minlash
maqsadida, «O`zbektelekom» AK tomonidan CDMA-450 simsiz aloqa
texnologiyasi asosidagi tarmoq kengaytirilmoqda. Shuningdek, mahalliy
ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJning SGM rusumli raqamli
konsentratorlarini «Toshkent Telekom» va «Buxoro Telekom» filiallarida
ijobiy tajriba sinovidan o`tkazilganligini inobatga olgan holda,
qishloq telekommunikatsiya tarmog`ida tatbiq etish ishlari olib
borilmoqda.
Yig`ilishda Shuningdek, ushbu masa yuzasidan “Koinot” OAJ direktori S.Faxrutdinovning ma`lumoti tinglandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 26 sentyabrdagi 3135 –
son farmoni va Vazirlar Maxkamasining 27 sentyabr 336-sonli qaroriga
asosan “Koinot” OAJtining asosiy vazifasi etib axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari vosita-larini mamlakatimizning o`zida
ishlab-chiqarishni yo`lga qo`yish belgilangan.
- Bu borada 2003 yildan boshlab bir qancha ijobiy ishlar amalga
oshirildi. 10dan ortiq turdagi zamonaviy telekom-munikatsiya uskunalari
yaratildi, ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi va ular respublikamiz aloqa
korxonalari tarmoqlarida ishlatilmoqda deya ta`kidladi ma`ruzachi.
Respublikadagi qishloq infratuzulmalarini va qishloq axolisini telefon
aloqa xizmatiga bo`lgan talabini qondirish maqsadida «Koinot» OAJida
2005 yildan boshlab, zamonaviy va jaxon andozalariga javob beradigan
kommutatsiya qurilmalarini yaratish ustida ish boshlab yuborildi.
2006 yilning boshida Toshkent-Telekom filialining Yangiyo`l telefon
tarmoqlari bog`lamasining Ozod qishlog`iga sig`imi 64-raqamli
kommutatsion qurilmasi o`rnatilib, sinovdan o`tkazish ishlari boshlab
yuborildi.
Hay`atni O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o`rinbosari A.Izbosarov olib bordi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Hay`at tegishli qarorlar qabul qildi.