rss
O'zbekРусскийEnglish
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





Узбекское агентство связи и информатизации

Национальное информационное агентство Узбекистана

Проект ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sayt xaritasi   Teskari aloqa  

Yangiliklar

Elektron tranzaksiyalar to`lov hujjatlariga tenglashtirildi
29.05.2008 / 178 marta o`qilgan
Elektron tijorat sohasini jadal rivojlantirishni rag`batlantirish, chakana savdoda elektron tijoratni amalga oshirishda to`lovlarni bajarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 21 may 2008 yildagi 102-sonli «O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimcha kiritish to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining   2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan «Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro`yxatga olish va amalga oshirish tartibi haqidagi Nizom»ga hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi 445-son «Plastik kartochkalari asosida hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish bo`yicha choralar to`g`risida»gi qaroriga o`zgartirishlar kiritildi.

O`zgarishlar elektron tijorat tizimi tranzaksiyalaridan olingan ko`chirmalar («elektron cheklar»)ni bank terminallari cheklariga tenglashtirishni nazarda tutadi. Shuningdek, yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalar bo`yicha to`lov va soliq solish tartibi yuridik shaxslar tomonidan elektron tijorat tizimi orqali tovar va xizmatlar uchun to`lovni amalga oshirish jarayonida qo`llaniladi.

Ushbu qaror qabul qilinishi sub`ektlar doirasi, ya`ni elektron tijoratning chakana to`lov tizimi ishtirokchilarini aniq belgilash, amalga oshirilayotgan tranzaksiyalarning tegishli tarzda hisobini yuritish va nazorat qilishni joriy etilishini ta`minlash, elektron tijorat va elektron raqamli imzo tizimi foydalanuvchilari sonini oshirishga xizmat qiladi.


Календарь
«    Ноябрь 2008    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

Обсуждение сайта


Информеры

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Портал Государственной власти Республики Узбекистан

REESTR.UZ

UNDP

Объединенная форумная площадка Узбекистана

Программа UZ-CERTified

Техплощадка Центра UZINFOCOM