rss
O'zbekРусскийEnglish
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





Узбекское агентство связи и информатизации

Национальное информационное агентство Узбекистана

Проект ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sayt xaritasi   Teskari aloqa  

Yangiliklar

Boshqaruvda AKTni qo`llash
29.05.2008 / 178 marta o`qilgan
Boshqaruvda AKTni qo`llash Joriy yil 27-28 may kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amalda foydalanish ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o`quv seminari o`tkazildi. Unda hukumat organlari, vazirlik va idoralarning 70 nafarga yaqin vakili qatnashdi.



O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari rahbar xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amalda foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish bo`yicha seminarlar Dasturi”ga muvofiq 2008 yil davomida respublikamizning barcha viloyatlarida o`quv seminarlari o`tkazilmoqda. Hozirga qadar bu kabi seminarlar Andijon va Farg`ona viloyatlarida tashkil etildi.

Tadbir O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi hamda BMT Rivojlanish Dasturining “AKT siyosati” loyihasi tomonidan tashkil etildi. Uning ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori K.Nazarov, O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o`rinbosari A.Xodjaev, BMT Rivojlanish Dasturining “AKT siyosati” loyihasi rahbari S.Saidxo`jayevlar tabrik so`zi bilan ishtirok etishdi.

O`quv jarayonini O`zbekistonda elektron hukumat tarkibiy qismlarini joriy etish bo`yicha amaliy tajribaga ega bo`lgan yetakchi tarmoq ekspertlari olib borishdi. Unda tinglovchilar davlat boshqaruvida AKTni qo`llash bo`yicha malakalarini hamda turli yo`nalish va jahon tajribalari bo`yicha ma`lumotlarini oshirib, AKTdan amalda foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish, elektron hukumat barpo etishga qaratilgan real loyihalar doirasida amaliy ko`nikmalar hosil qilish, shuningdek, o`zaro tajriba almashish imkoniga ega bo`ldilar.

Mashg`ulotlar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Farg`ona politexnika instituti o`qituvchilari, FTMTM va UZINFOCOM markazlari mutaxassislari tomonidan olib borildi. Ma`ruzalarda axborotlashtirish sohasining qonuniy asoslari; interaktiv xizmatlar ko`rsatish, ularning davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishdagi o`rni; axborot tizimlarini yaratish va davlat axborot resurslarini shakllantirish, ularni ro`yxatdan o`tkazish; davlat axborot resurslarini tuzish bo`yicha me`yoriy-huquqiy hujjatlar kabi bir qator mavzular tahlil etildi. Shuningdek, ikki kunlik o`qish davomida kompyuter texnologiyalari, axborot tizimlari xavfsizligi, elektron hujjat aylanishi va ish yuritishni avtomatlashtirish, “Elektron hukumat” mohiyati, uni rivojlantirishning asosiy shartlari, davlat boshqaruviga joriy etishning jahon tajribalari, axborot texnologiyalari sohasida mualliflik huquqini himoyalash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Seminar davomida elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishini qo`llash bo`yicha amaliy mashg`ulotlar ham tashkil etildi. O`quv kursi yakunida o`tkazilgan tadbir qay darajada foydali bo`lganligini aniqlash maqsadida ishtirokchilar test sinovlaridan o`tkazildi.

Календарь
«    Ноябрь 2008    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

Обсуждение сайта


Информеры

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Портал Государственной власти Республики Узбекистан

REESTR.UZ

UNDP

Объединенная форумная площадка Узбекистана

Программа UZ-CERTified

Техплощадка Центра UZINFOCOM