rss
O'zbekÐóññêèé
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





Óçáåêñêîå àãåíòñòâî ñâÿçè è èíôîðìàòèçàöèè

Íàöèîíàëüíîå èíôîðìàöèîííîå àãåíòñòâî Óçáåêèñòàíà

Ïðîåêò ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sayt xaritasi   Teskari aloqa  

Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari

Muvofiqlashtiruvchi kengashning 8-son majlis bayoni
04.01.2007 / 225 marta o`qilgan

8

Tasdiqlayman
        O'zbekiston Respublikasi
        Bosh vazirining o'rinbosari,
        Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

        A. Aripov

        2004 yil 29 sentyabr

        
     

  
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning
        8-son MAJLIS BAYONI

        
        2004 yil, 28 sentyabr, Toshkent shahri
        
        Raislik qiluvchi: A.N. Aripov - O'zbekiston RespublikasiBosh vazirining o'rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
        
        Qatnashganlar:
        Muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolari:

        K. T.Avlyaxanov, G.M.Ziyaev, R.S.Qosimov, M.M.Maxmudov, X.A.Muxitdinov, M.M.Sangilov, V.B.Latipov, S.S.Qosimov, A.J.Xadjaev, R.X.Xamdamov, A.A.Xodjaev, Sh.I.Shonazarov
        
        Taklif etilganlar:
        Prezident devoni ma'sul xodimlari:
        J.K.Raximov, S.M.Xadjaev
        
        Vazirlar Mahkamasi ma'sul xodimlari:
        A.X.Abdullaev, Sh.M.Sodiqov, Sh.M.Atamuxamedov
        
        Boshqalar:
        A.Abdullaev, A.X.Abdullaev, I.Z.Abdullaev, Yu.M.Asadov, Sh.A.Ayupov, T.Boltaboev, M.V.Boymuxamedov, V.V.Yermolaeva, A.R.Maraximov, Yo.Mo’minov, Z.J.Mutalova, R.A.Lutfullaev, Sh.X.Shermatov
        
        Ommaviy axborot vositalari vakillari:
        A.A.Suchkov, V.N.Nikolaev, S.M.Nasledov
        
        Xizmat safarida:
        G.K.Saidova, N.E.Najimov, J.X.Xusanov, T.I.Jo’raev
        

    
Kun tartibi:

        
        I. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarorining vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat boshqaruvi organlari va xo'jalik birlashmalari tomonidan bajarilishining borishi to'g'risida
        Ma'ruzachi: A. Xadjaev
        
        1.1. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan yuklatilgan vazifalarni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidagi ijrosi to'g'risida
        Ma'ruzachi: Sh.Ayupov
        
        1.2. Sog'liqni saqlashning yagona integrallashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi to'g'risida
        Ma'ruzachi: Z.Mutalova, M.Boymuxamedov
        
        II. Axborotlashtirish sohasida qabul qilingan qonunlar ijrosi bo'yicha normativ-xuquqiy hujjatlar ta'minoti to'g'risida
        Ma'ruzachi: A.Abdullaev
        
        III. Axborot texnologiyalari haftaligi natijalari to'g'risida
         Ma'ruzachi: A.Xadjaev, Sh.Shermatov
        
        IV. Turli masalalar
        4.1. Dasturiy mahsulotlar va ma'lumotlar bazasi Davlat reestrlarini yuritish tartibini takomillashtirish to'g'risida
        Ma'ruzachi: V.Yermolaeva
        

        Kun tartibidagi masalalar bo'yicha axborotlarni tinglab va muhokama qilib Muvofiqlashtiruvchi kengash qaror qildi:
        
       
I. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarorining vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat boshqaruvi organlari va xo'jalik birlashmalari tomonidan bajarilishining borishi to'g'risida
(Aripov, Xadjaev, Xodjaev )

        1. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o'rinbosari A.Xadjaevning vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat boshqaruvi organlari va xo'jalik birlashmalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori talablarining bajarilishi to'g'risidagi axboroti, xususan:
        Muvofiqlashtiruvchi kengashning Ishchi organi tomonidan respublikaning 63 ta davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida, shuningdek tanlov asosida 45 ta sub'ektda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori talablarining bajarilishi yuzasidan monitoring o'tkazilgani (1-ilova);
         O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat statistika qo'mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tizimlarida elektron xujjat almashuvi tizimi joriy etilgani;
        o'rganilgan 63 ta davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining 56 tasi (88,9 %) veb sahifalarini Internet tarmog'ida joylashtirgani, 54 tasi (87,3 %) lokal tarmoq tashkil etgani;
        barcha davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari markaziy apparati internet tarmog'iga ulangani va xodimlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalariga o'rgatish bo'yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
        Quyidagilar:
        Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori talablarining bajarilishi to'g'risida 16 ta davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari, shu o'rinda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy, Toshkent hamda Xorazm viloyati xokimiyatlari (1.1- ilova) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ishlashga mutaxassislarni o'qitish masalalari bo'yicha (1.6-ilova) ma'lumotlar taqdim etmagani;
        bugungi kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Qimmatbaho metallar bo'yicha agentligi (Dadaqo'ziev), “O'zdavzaxira” qo'mitasi (Omanbaev), “Davsuvxo'jaliknazorat” inspektsiyasi (Kamolov), “O'zdavneftgazinspektsiya” (Sheraliev), “O'zdavdoninspektsiya” (Zuparov) va Jizzax viloyati xokimiyati (Yamanqulov) o'z veb-sahifalarini yaratmagani va Internet tarmog'ida joylashtirmagani;
        veb-sahifalari mavjud bo'lgan 55 ta davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining 21 tasida veb-sahifalaridagi ma'lumotlar yangilanmayotgani (1.3-ilova), 16 tasida, shu jumladan «O'zkommunxizmat» agentligi (Xolmuxamedov), «O'zarxiv» agentligi (Nigmatov), O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi (Xusanov), «Sifat» markazi (Utyugin) va Samarqand viloyati (Nurmurodov) xokimiyatining veb-sahifalari ishlamasligi ta'kidlab o'tilsin.
        2. O'zbekiston Respublikasi Qimmatbaho metallar bo'yicha agentligi (Dadaqo'ziev), “O'zdavzaxira” qo'mitasi (Omanbaev), “Davsuvxo'jaliknazorat” inspektsiyasi (Kamolov), “O'zdavneftgazinspektsiya” (Sheraliev), “O'zdavdoninspektsiya” (Zuparov), Jizzax viloyati xokimiyati (Yamanqulov) ikki hafta muddat ichida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori talablarining bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli choralar ko'rgan holda amalga oshirilgan ishlar to'g'risida o'rnatilgan tartibda axborot bersin.
        3. Vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari va joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari:
        deyarli yangilanib turmaydigan va zarur axborotlarga ega bo'lmagan veb sahifalar tuzish kabi axborotlashtirish masalalariga rasmiyatchilik bilan yondoshuv holatlarini bartaraf etish;
        tuzilgan veb sahifalarni yuridik va jismoniy shaxslar rioya qilishi lozim bo'lgan tartib va qoidalar haqidagi ma'lumotlar va boshqa umumiy foydalanishi mumkin axborotlar bilan boyitish;
        joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdagi muammolarni va to'sqinlik qiluvchi omillarni o'rganib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan belgilangan vazifalarning bajarilishini ta'minlash bo'yicha keskin choralar ko'rsin.
        4. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (Izbasarov):
         davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida, shuningdek xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori talablarining bajarilishi yuzasidan o'tkaziladigan monitoring natijalari o'z vaqtida barcha vazirlik va idoralarga yetkazilishi;
        o'tkazilgan monitoring natijalarini, jumladan tanqidiy materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borilishi;
        “UzInfoCom»” Markazi (Xadjaev) muntazam ravshda o'rganishlar va monitoringlar natijalari asosida davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdagi muammolarni va to'sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish bo'yicha o'rnatilgan tartibda tavsiyalar berib borilishi ta'minlansin.
        5. Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibiyati (Ziyaev):
        O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan belgilangan vazifalarni vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat boshqaruvi organlari va xo'jalik birlashmalari tomonidan bajarilishini ta'minlash bo'yicha nazoratni kuchaytirsin;
        bir hafta muddat ichida idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlarining hisobotlarini Muvofiqlashtiruvchi kengash yig'ilishlarida tinglash grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlashga kiritsin.
        1.1. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan yuklatilgan vazifalarni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidagi ijrosi to'g'risida
        ( Aripov, Ayupov, Qosimov, Abdullaev, Qosimov, )
        6. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining o'rinbosari Sh.Ayupovning Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan yuklatilgan vazifalarni ijrosi to'g'risidagi axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin.
        7. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining korporativ ta'lim tarmog'ini yaratish va ta'lim Portalini shakllantirish borasida olib borayotgan ishlari ma'qullansin.
        8. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (Qosimov) ikki oy muddat ichida:
        Xalq ta'limi vazirligi (Jo'raev), O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (Izbasarov) va O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi (Xusanov) bilan birgalikda ta'lim Portalining axborot resurslarini yanada kengaytirish, elektron o'quv bazalarini elektron o'quv adabiyotlari bilan boyitish va ulardan o'quvchi-talabalarning foydalanishlariga keng imkoniyatlar yaratish hamda ta'lim muassasalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha pedagog kadrlar bilan to'liq ta'minlash bo'yicha takliflar va tadbirlar rejasi ishlab chiqishni;
        O'zbekiston Respublikasida Masofaviy ta'limni rivojlantirish kontseptsiyasi va 2005-2010 yillar uchun rivojlanish Dasturini tasdiqlash bo'yicha Xukumat qarori loyihasini o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishni ta'minlasin.
        9. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi (Yo'ldoshev), Fan va texnologiyalar Markazi (Xabibullaev), Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (Qosimov), Oliy attestatsiya komissiyasi (Muxitdinov), O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (Izbasarov) bilan birgalikda ikki oy muddat ichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining holatini o'rganib chiqib, mavjud muammolarni yoritgan holda tahliliy materiallarni tayyorlasin va Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin.
        1.2. Sog'liqni saqlashning yagona integrallashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi to'g'risida
        ( Aripov, Mutalova, Boymuxamedov, Xodjaev, Xadjaev)
        10. O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligining axborot-tahlil markazi direktori Z.Mutalova va ilmiy-o'quv markazi direktori M.Boymuxamedovlarning Sog'liqni saqlash yagona integrallashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi to'g'risidagi axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin.
        11. Sog'liqni saqlash yagona integrallashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish kontseptsiyasining loyihasi 13-ilovaga muvofiq ma'qullansin.
        12. O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi (Nazirov), O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Fan va texnologiyalar Markazi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oylik muddat ichida O'zbekiston Respublikasida telemeditsinani rivojlantirish kontseptsiyasi va Dasturini tasdiqlash bo'yicha Hukumat qarori loyihasini o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
        
      

 II. Axborotlashtirish sohasida qabul qilingan qonunlar ijrosi bo'yicha normativ-xuquqiy hujjatlar ta'minoti to'g'risida
        ( Aripov, Abdullaev )

        13. Vazirlar Mahkamasining Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari kompleksi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Abdullaevning axborotlashtirish sohasida qabul qilingan qonunlar ijrosi bo'yicha normativ-xuquqiy hujjatlar ta'minoti to'g'risidagi axboroti, xususan:
         Muvofiqlashtiruvchi kengashning ish Tartibi va Muvofiqlashtiruvchi kengash xuzuridagi ishchi guruhlar to'g'risidagi Nizom loyihalari ishlab chiqilgani;
        O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan:
        «Korporativ idoraviy va lokal kompyuter tarmoqlarni yaratish bo'yicha asosiy texnik talablar» (2-ilova) va «Idoralararo kompyuter tarmoqlarini tashkil etishga asosiy talablar» (3-ilova) rahbariy hujjatlari tasdiqlangani;
        «Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog'idan axborot olish imkonini berish to'g'risidagi Nizom» (10-ilova) ishlab chiqilgani va Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingani;
        «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida «Axborot texnologiyalari. Axborotning kriptografik himoyasi» turkumida davlat standartlarining loyihalari ishlab chiqilgani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
        Quyidagilar:
        Muvofiqlashtiruvchi kengash ishchi organi tomonidan Axborotlashtirish kontseptsiyasi, Telekommunikatsiyalar va ma'lumotlar uzatish milliy tarmog'ini rivojlantirish, Davlat boshqaruv tizimiga elektron texnologiyalarni joriy etish hamda Elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini;
        elektron raqamli imzo bo'yicha vakolatli organni tasdiqlash bo'yicha Hukumat qarori loyihalarini o'rnatilgan tartibda kiritilmaganligi ko'rsatib o'tilsin.
        Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 28 avgustdagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi to'g'risida Nizom”idan kelib chiqqan holda “O'zbekiston Respublikasining Elektron tijorat to'g'risidagi” qonuni ijrosi bo'yicha vakolatli organ etib Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligini belgilash to'g'risidagi taklif ma'qullansin.
        14. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (Najimov) bir oy muddat ichida O'zbekiston Respublikasining Elektron tijorat to'g'risidagi qonunini ijrosi bo'yicha vakolatli organni hamda 2010 yilgacha bo'lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturini tasdiqlash bo'yicha Hukumat qarori loyihasini o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
        15. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (Izbasarov):
        Axborotlashtirish kontseptsiyasi, Telekommunikatsiyalar va ma'lumotlar uzatish milliy tarmog'ini rivojlantirish hamda Davlat boshqaruv tizimiga elektron texnologiyalarni joriy etish dasturlarini tasdiqlash bӯyicha Hukumat qarori loyihasini o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tezlashtirish bo'yicha tegishli choralarni ko'rsin;
        «O'zstandart» agentligi bilan birgalikda uch oy muddat ichida elektron hujjatning davlat standartini ishlab chiqqan holda o'rnatilgan tartibda tasdiqlashni;
        ikki oylik muddat ichida «Axborot texnologiyalari. Axborotning kriptografik himoyasi» turkumidagi davlat standartlarini o'rnatilgan tartibda davlat reestriga kiritishni ta'minlasin.
        16. Aloqa va axborot texnologiyalari masalalari kompleksi kotibiyati (Ziyaev) bir hafta muddat ichida elektron raqamli imzo bo'yicha vakolatli davlat organini aniqlash masalasi yuzasidan tegishli materiallarni jamlagan holda Kompleks majlisi o'tkazilishini ta'minlansin.
        17. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Fan va texnologiyalar markaziga Muvofiqlashtiruvchi kengash yig'ilishlarda kengash a'zolarining bevosita ishtirok etmayotgani va bunday munosabat Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishiga, umuman respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayonlariga salbiy ta'sir etayotganligini ko'rsatib o'tilsin.
        18. Muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolari:
        ikki hafta muddat ichida Muvofiqlashtiruvchi kengashning Ish tartibi (4-ilova) va Muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi ishchi guruhlar Nizomi (5-ilova) loyihalari bo'yicha taklif va mulohazalarni Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibiyatiga kiritilishini;
        o'zlari faoliyat yuritayotgan vazirlik va idoralarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalarni hamda Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarini bajarilishini;
        Vazirlik va idoralarning tegishli hukumat qarorlari bilan belgilangan faoliyat yo'nalishidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va rag'batlantirish bo'yicha masalalarni Muvofiqlashtirish kengash muhokamasiga kiritilishini ta'minlasin.
        
   

III. Axborot texnologiyalari haftaligi natijalari to'g'risida
(Aripov, Xadjaev, Shermatov, Suchkov)

        19. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o'rinbosari A.Xadjaev va Birlashgan millatlar tashkiloti “Raqamli rivojlanish tashabbusi” Dasturining rahbari Sh.Shermatovlarning Axborot texnologiyalari haftaligi natijalari to'g'risidagi axborotlari;
        O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha II Milliy Sammit Rezolyutsiyasi (11-ilova) qabul qilingani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
        Axborot texnologiyalari haftaligini har yili respublika miqyosida muntazam ravishda o'tkazib borish to'g'risidagi taklif ma'qullansin.
        20. Vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari va joylardagi davlat hokimiyati organlari II Milliy Sammit Rezolyutsiyasida bildirilgan takliflar bilan o'rnatilgan tartibda ishlash tashkil etilsin.
        21. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (Izbasarov) Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Axborot Jamiyati masalalariga oid Butunjahon Sammitining ikkinchi fazasiga O'zbekiston Respublikasining tayyorgarligi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirsin.
        
       

IV. Turli masalalar
(Aripov, Ayupov, Abdullaev, Qosimov, Yermolaeva)

        22. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari Sh.Ayupovning dasturlash bo'yicha jahon chempionatining Middle Asia xududida chorak final musobaqalari Nizomi va Davlat patent idorasi direktorining birinchi o'rinbosari V.Yermolaevaning dasturiy mahsulotlar va ma'lumotlar bazalarining Davlat reestrlarini yuritish tartibini takomillashtirish to'g'risidagi axborotlari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
        23. Xalq ta'limi va Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirliklarining:
        maktab o'quvchilari orasida dasturlash bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatida umumta'lim maktab o'quvchilarini ishtirok etishini tashkil etish;
        dasturlash bo'yicha jahon chempionatining Middle Asia xududida chorak final musobaqalarini o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tarkibi va musobaqa Nizomi 8- va 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlash to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.
        24. Dasturlash bo'yicha jahon chempionatining Middle Asia xududida chorak final musobaqalarini o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita (Ayupov) dasturlash bo'yicha jahon chempionatining yarim final musobaqalarini qo'shni davlatlarning komandalari ishtirokida Toshkent shahrida o'tkazilishini ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkillashtirsin.
        25. Xalq ta'limi vazirligi (Jo'raev) 2004 yilgi maktab o'quvchilari orasida dasturlash bo'yicha jahon chempionatida respublikamiz yoshlarining ishtirokini ta'minlash va maktab o'quvchilari orasida dasturlash bo'yicha jahon chempionatining respublikadagi hududini tashkil etish bo'yicha tegishli choralar ko'rsin.
        26. Davlat patent idorasi (Azimov) O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (Izbasarov) bilan birgalikda uch oy muddat ichida dasturiy mahsulotlar va ma'lumotlar bazalarining Davlat reestrini yuritish tartibini takomillashtirish bo'yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va o'rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
        27. Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligining Muvofiqlashtirish kengashning doimiy faoliyat ko'rsatuvchi elektron kutubxonalar va elektron darsliklarni rivojlantirish xamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha ishchi guruhlarining tarkibini 7-ilovaga muvofiq kengaytirish taklifi ma'qullansin.
        28. Mazkur majlis bayonini nazorat qilish Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyati zimmasiga yuklatilsin.
        
        
        Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
        masalalari kompleksi bosh mutaxassisi A. Abdullaev 
        


Joylashtirilgan vaqt : 2004-10-01 21:50:00

Êàëåíäàðü
«    ßíâàðü 2009    »
ÏíÂòÑð×òÏòÑáÂñ
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Îáñóæäåíèå ñàéòà


Èíôîðìåðû

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

Ïîðòàë Ãîñóäàðñòâåííîé âëàñòè Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

REESTR.UZ

UNDP

Îáúåäèíåííàÿ ôîðóìíàÿ ïëîùàäêà Óçáåêèñòàíà

Ïðîãðàììà UZ-CERTified

Òåõïëîùàäêà Öåíòðà UZINFOCOM