rss
O'zbekÐóññêèé
ict.gov.uzict.gov.uz
Elektron hukumat xaqida tasavvurga egamisiz?





Óçáåêñêîå àãåíòñòâî ñâÿçè è èíôîðìàòèçàöèè

Íàöèîíàëüíîå èíôîðìàöèîííîå àãåíòñòâî Óçáåêèñòàíà

Ïðîåêò ICTP

 Bosh Saxifa   Yordam   Aloqalar   Sayt xaritasi   Teskari aloqa  

Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari

Muvofiqlashtiruvchi kengashning 10-son majlis bayoni
04.01.2007 / 177 marta o`qilgan

        ¹08-17-18   28.03.2005 y.

Tasdiqlayman
         
        O'zbekiston Respublikasi
        Bosh vazirining o'rinbosari,
        Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
        
        ______________A. Aripov
        
        2005 yil « 28 » mart

         
         
       
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 10-son
  MAJLIS BAYONI

        
        2005 yil 24 mart Toshkent shahri
        
        
        Raislik qiluvchi: A.N. Aripov - O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
        
        Qatnashganlar: Muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolari, taklif etilganlar (ro'yxat bo'yicha)
        
        Kun tartibidagi masalalar bo'yicha axborotlarni tinglab va muhokama qilib Muvofiqlashtiruvchi kengash qaror qildi:
        

I. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2005 yil ish rejasi to'g'risida
(Aripov, Xadjaev, Xabibullaev)

        1. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o'rinbosari A.Xadjaevning Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2005 yil ish rejasi to'g'risidagi axboroti;
        Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2005 yil ish rejasi kengash raisi tomonidan tasdiqlanganligi (1-ilova) ma'lumot uchun qabul qilinsin.
        2. Shu bilan birga:
        Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tomonidan 2010 yilgacha bo'lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish;
        O'zbekiston Respublikasida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Masofaviy ta'limni rivojlantirish kontseptsiyasi va 2010 yilgacha bo'lgan davrda masofaviy ta'limni rivojlantirish;
        O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan telemeditsinani rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash bo'yicha Hukumat qarorlari loyihalari o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilmaganligi qat'iy ta'kidlab o'tilsin.
        3. Bir oylik muddat ichida:
         3.1. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (Najimov) 2010 yilgacha bo'lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish;
        O'zbekiston Respublikasida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (Quronov) 2010 yilgacha bo'lgan davrda masofaviy ta'limni rivojlantirish;
        O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (Nazirov) telemeditsinani rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash bo'yicha Hukumat qarorlari loyihalarini o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishni ta'minlasin.
        3.2. Davlat patent idorasi (Azimov) dasturiy mahsulotlar va ma'lumotlar bazalarining Davlat reestrini yuritish tartibini takomillashtirish bo'yicha Hukumat qarori loyihasini;
        Markaziy bank (Rofiev) «Elektron to'lovlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishni ta'minlash yuzasidan jiddiy choralar ko'rsin.
        3.3. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (Xadjaev) Fan va texnologiyalar markazi (Xabibullaev) bilan birgalikda yosh dasturchilarni qo'llab-quvvatlash va mahalliy sharoitlarda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan adresli innovatsion loyihalarni ishlab chiqish bo'yicha takliflar kiritsin.
         4. Axborotlashtirish sohasida qabul qilingan qonunlarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha 2005 yil tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
        2005 yilning 16-18 noyabr kunlari Tunisning Xammamet shahrida bo'lib o'tadigan Axborotlashgan jamiyat bo'yicha Butunjahon sammitining II fazasida ishtirok etishga tayyorgarlik rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
        5. Muvofiqlashtiruvchi kengashning doimiy faoliyat ko'rsatuvchi ishchi guruhlari ikki haftalik muddat ichida kengashning 2005 yil ish rejasidan kelib chiqqan holda o'z rejalarini qayta ishlab tasdiqlashga kiritsinlar.
        6. Vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari va joylardagi davlat hokimiyati organlari Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2005 yil ish rejasida belgilangan tadbirlarni o'z vaqtida bajarilishini ta'minlasinlar.
        7. Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibiyati (Mirzaxidov) kengashning 2005 yil ish rejasi bajarilishini qat'iy nazoratga olsin va yilning har chorak yakunlari bo'yicha o'tkaziladigan Kompleks yig'ilishlarida muhokama etishni tashkillashtirsin.
        

  II. Davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan monitoring natijalari to'g'risida
(Aripov, Xamdamov, Mirzaxidov, Xabibullaev, Umarov) 


        8. Kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish markazi direktorining birinchi o'rinbosari R.Xamdamovning davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan monitoring natijalari to'g'risidagi axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin.
         9. Quyidagilar:
         Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200–son qarori talablarining bajarilishi to'g'risida 7 ta davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari, shu o'rinda Navoiy, Farg'ona, Sirdaryo, Toshkent viloyat hokimliklari, Qimmatbaho metallar agentligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo'mitasi, Qimmatbaho qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (4-ilova) monitoring yuzasidan tegishli ma'lumotlar taqdim etmagani;
        «O'zarxiv» agentligi, "Sifat" markazi, Qoraqolpog'iston, Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyat hokimliklarining veb-sahifalarining nomi mavjud, lekin ishlamasligi;
        Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi, «Davarxitektqurilish» qo'mitasi, Yer resurslari va geodezkadastr davlat qo'mitasi, Matbuot va axborot agentligi, «O'zkommunxizmat» agentligi, Mualliflik xuquqini himoya qilish agentligi va boshqalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish dasturlari yaratilmaganligi;
        Xalq ta'limi vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Matbuot va axborot agentligi, «O'zkommunxizmat» agentligi, Avtomobil va daryo transporti agentligi va 6-ilovada keltirilgan boshqa davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo'yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlari ishlab chiqilmaganligi;
        Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat geologiya qo'mitasi, «Davarxitektqurilish» qo'mitasi, Yer resurslari va geodezkadastr davlat qo'mitasi, Matbuot va axborot agentligi, «O'zkommunxizmat» agentligi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, Fan va texnologiyalar markazi, Davlat test markazi, Gidrometereologiya xizmati markazi, "O'zdavneftegazinspektsiya", "O'zdavdoninspektsiya", "Sanoatkontexnazorat", Buxoro, Toshkent, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyat va Toshkent shahar hokimliklarining (5-ilova) veb-sahifalari mavjud, lekin yangilanib turilmaganligi;
         vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari va joylardagi davlat hokimiyati organlarida axborot tizimlarining axborot havfsizligini ta'minlashga e'tibor yetarli darajada emasligi e'tirof etilsin.
         10. Vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi:
         2005 yil 1 aprelgacha o'z veb-sahifalaridagi ma'lumotlarni doimiy ravishda yangilab turish, boshqaruv apparati xodimlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarida ishlashga o'rgatish hamda axborot tizimlarini rivojlantirish bo'yicha ishlar ustidan nazoratni kuchaytirsinlar;
        O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200–son qarori bilan belgilangan vazifalarni bajarilish holatini hay'at yig'ilishlarida ko'rib chiqib, ularning natijalarini O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga taqdim etsinlar.
         bir oylik muddat ichida lokal va korporativ kompyuter tarmoqlari va ularda foydalaniladigan axborot tizimlarining axborot havfsizligini ta'minlash bilan bog'liq tadbirlar ishlab chiqsinlar va ularni amalga oshirilishini ta'minlasinlar.
         11. Bir oylik muddat ichida «O'zeltexsanoat» Assotsiatsiyasi (Umarov) o'z taklifiga binoan Internetda faol ishlab turuvchi va doimiy ravishda yangilanib turuvchi veb-saytni ochishni ta'minlasin va bajarilgan ishlar bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibiyatiga axborot taqdim etsin.
         12. Kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish markazi (Xadjaev) axborot havfsizligi asoslari bo'yicha maxsus o'quv kurslari ishlab chiqsin va joriy yilning 1 avgustidan boshlab amalga oshirsin.
        

III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha vazirlik va idoralar rahbarlarining hisoboti
(Aripov, Abdullaev, Xamdamov, Avlyaxanov, Yunusov, Xadjaev, Qo'chqorov)

        13. Davlat idoralarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha A.Abdullaevning (O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim markazi), X.Yunusovning («Sanoatkontexnazorat») hamda A.Qo'chqorovning (Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi) axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin.
        14. Axborotlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim markazida qoniqarli, «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasida past darajada deb hisoblansin.
        «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi bir oylik muddat ichida Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bo'yicha belgilangan vazifalarni so'zsiz bajarilishini va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot kiritilishini ta'minlasin.
        15. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasida axborotlashtirish ishlari yaxshi tashkil etilganligi, xususan viloyat hududlari bilan axborotlar almashuvida axborot tizimlaridan samarali foydalanish yo'lga qo'yilganligi e'tirof etilsin.
        16. Mazkur majlis bayonini nazorat qilish Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyati zimmasiga yuklatilsin.
        
        
        
        Majlis bayonini tuzuvchi:
        A.Abdullaev
        
        


Îïóáëèêîâàíî : 2005-03-28 16:23:00

Êàëåíäàðü
«    ßíâàðü 2009    »
ÏíÂòÑð×òÏòÑáÂñ
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Îáñóæäåíèå ñàéòà


Èíôîðìåðû

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

Ïîðòàë Ãîñóäàðñòâåííîé âëàñòè Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí

REESTR.UZ

UNDP

Îáúåäèíåííàÿ ôîðóìíàÿ ïëîùàäêà Óçáåêèñòàíà

Ïðîãðàììà UZ-CERTified

Òåõïëîùàäêà Öåíòðà UZINFOCOM